AsosiyJamiyat

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi bakalavriat yo`nalishi ochiladi

'Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi bakalavriat yo`nalishi ochiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining «Muhammad al-Xoraziy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Raqamli kutubxona»sini (Digital library) tashkil etish to`g`risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e`lon qilindi.

Hujjatda belgilanishicha, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Raqamli kutubxona» (Digital Library) qoshida oliy o`quv yurtlari va ilmiy institutlar uchun yangi axborot-kommunikasiya texnologiyalariga oid etakchi xorijiy ilmiy bazalari – Springer-Nature, Elsevier, IEEE, SAGE, ProQuest va boshqalardan foydalanish va xizmat ko`rsatishga yo`naltirilgan o`quv-maslahat markazini yaratish choralarini ko`radi.

Shuningdek, 2022 yilning yanvaridan boshlab «Raqamli kutubxona» (Digital Library)da ilg`or axborot texnologiyalarini tadbiq etgan holda kompyuterlashtirish uchun zarur mablag`lar ajratilishini hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishini ta`minlaydi.

Shu bilan birga, 2021/2022 o`quv yilidan boshlab universitetda «Elektron kutubxona» bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha kadrlar tayyorlashni yo`lga qo`yish ham belgilangan.

Boshqa yangiliklar