AsosiyJamiyat

Shamollash va isitma ko`tarilganda «tez yordam» chaqirish kerakmi?

'Shamollash va isitma ko`tarilganda «tez yordam» chaqirish kerakmi?'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva koronavirus kasalligi va unga qarshi emlanish borasidagi aholi savollariga javob qaytardi.

Turli shamollash belgilari kuzatilganlarning hammasi ham tez-tibbiy va shoshilinch yordamga murojaat etishi shart emas.

Agar siz koronavirus bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo`lgan bo`lsangiz yoki bir necha kun oldin muloqotda bo`lgan sog`lom odamda PSR-test ijobiy natija bergan bo`lsa va sizda shamollash alomatlari boshlanib, tana harorati 38 darajadan yuqori, kuchli hansirash va yo`tal, nafas olish soni daqiqasiga 25-30 dan yuqori bo`lsa, pulsoksimetrda saturasiya 92 dan tushib ketgan bo`lgan holatlarda, o`z oilaviy shifokoringiz yoki poliklinika shifokorini topa olmaganingizdagina mustaqil murojaat etsangiz bo`ladi.

Qolgan holatlarda, sizni nazorat etayotgan shifokoringizga yoki oilaviy poliklinikadagi shifokorga murojaat etish kerak.

Kasallanayotgan orasida bolalarning ko`pligi xabar qilindi. Ular orasida ham kasallikni og`ir va o`ta og`ir o`tkazayotganlar bormi?

Bolalarda koronavirus simptomlarsiz, engil va o`rta og`ir darajada kuzatilayotganini amaliyot ko`rsatmoqda. Bu ota-onalarning oilaviy shifokor yoki pediatrga o`z vaqtida murojaat etishi va shifokor nazoratida davolashni olib borayotgani natijasi deb hisoblaymiz.

Chunki qanday kasallik bo`lmasin, shamollashning ilk alomatlarida shifokorlarga murojaat etib, uni koronavirus yoki yo`qligini aniqlab olinsa hamda standartlar asosida to`g`ri davo olib borilsa, bu kasallik og`ir darajaga o`tmasligi olimlar tomonidan kuzatilmoqda va turli isbotlangan maqolalarda yoritilib kelinmoqda.

Boshqa yangiliklar