Quyidagilarning mulkida bo`lgan mol-mulkiga soliq solinmaydi:
▪️ «O`zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo`lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
▪️ urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning.
▪️ o`n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning.
▪️ pensionerlarning.
▪️ I va II guruh nogironlarining.
▪️ sobiq SSSRni, O`zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog`ida yaralanganligi, kontuziya bo`lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo`lish bilan bog`liq kasallik tufayli halok bo`lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining).
▪️ energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to`liq uzib qo`yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – muqobil energiya manbalari o`rnatilgan oydan e`tiboran uch yil muddatga.
Ushbu belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob`ektiga taalluqli bo`ladi.






