Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatda lokdaunni uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda mamlakatning rasmiy nashri Bild ma`lum qildi.
Kansler va federal hududlar rahbarlari uchrashuvi ishtirokchilarining 22 martga rejalashtirilgan kelishuv loyihasida karantinni tugatish bo`yicha aniq muddat keltirilmagan. Shuningdek, karantinni yumshatish bo`yicha har qanday yangi tartiblar ham nazarda tutilmagan, bu koronavirusning yanada avj olib ketishi bilan izohlanadi.
Hujjatlarda hali ham nemislarning ta`tilga chiqishlari uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etilgan, lekin ular faqat o`zlari yashaydigan hududlarda va ijtimoiy masofani saqlagan holda ko`chaga chiqishlari mumkin.
Ma`lumot uchun: Germaniyada koronavirus yuqtirganlarning soni 2 671 749 nafar (bir sutkada 7 700 dan ortiq holat), vafot etganlar esa 74 757 nafarni tashkil etadi.





