1

Suriya kurdlari Turkiyani Rossiya bilan bo`ladigan “katta urush” bilan qo`rqitdi

Dunyo 19.02.2016, 14:46
Suriya kurdlari Turkiyani Rossiya bilan bo`ladigan “katta urush”  bilan qo`rqitdi

Rossiya Suriya kurdlariga agar Turkiya ularga qarshi hujum uyushtiradigan bo`lsa, himoya qilishga va`da berdi. Agar Anqara shu tarzda davom etadigan bo`lsa, “katta urush” boshlanib ketishi mumkin, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Rossiya hujumga qarshi javob bermoqchi, ammo u nafaqat kurdlarni, balki butun boshli Suriya hududini himoya qilgan bo`ladi. Rossiyaning havo-kosmik kuchlari Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh bo`lgan Aleppo viloyatidagi kurd ko`ngilli askarlariga ham yordam bermoqda. Agar Turkiya qarshi harakat qilmaganda vaziyat bir muncha boshqacha tus olgan bo`lardi”, — dedi Suriya Kurdistonining Moskvadagi vakolatxonasi rahbari Rodi Osman. 

O`z navbatida Suriya oppozisiyasining Moskvadagi vakili Qadri Jamil Rossiya suriyalik kurdlarga havo orqali jangovor qurollar etkazib berayotganini, Suriya armiyasi esa Rossiyada taqiqlangan “Islom Davlati” guruhiga qarshi kurash olib borayotganini, kurd ko`ngilli askarlari esa ularga mos harakat qilayotgani haqida gapirdi.

2015 yilning 30 sentyabridan beri Rossiya aviasiyasi Suriya prezidentining iltimosi bilan mamlakat hududidagi antiterrorchilik operasiyasida ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1