AsosiyJamiyat

Farg`onada “Kobalt” va yuk mashinasi to`qnashdi

'Farg`onada “Kobalt” va yuk mashinasi to`qnashdi'ning rasmi

Bugun, 22 mart kuni Farg`ona viloyatida  “Kobalt” va og`ir yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi.  Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

 YTH soat 09:50larda, Farg`ona viloyati, Farg`ona shahar hududidan o`tgan 4R-143 “Farg`ona-Quvasoy” avtomobil yo`lining 1-kilometrida, I.Karimov va Kichik halqa avtomobil yo`li ko`chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1997 yilda tug`ilgan R.F. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli engil avtomobil hamda haydovchi 1968 yilda tug`ilgan T.M. boshqaruvida bo`lgan “MAN TGA 18480” rusumli neft tashuvchi maxsus yuk avtomobili ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

Natijada, “Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisi R.F. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar