AsosiyJamiyat

Toshkent xalqaro aeroportida katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari musodara qilindi

'Toshkent xalqaro aeroportida katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari musodara qilindi'ning rasmi

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohi hududida tegishli hujjatlari bo`lmagan dori vositalarini noqonuniy realizasiya qilayotgan shaxslarni qo`lga olishdi.

Jumladan, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro X.J. Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohi hududida “Hyundai Porter” rusumli yuk avtomashinasiga joylangan dori vositalarini  shartli xaridorga noqonuniy noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida to`xtatib qolindi.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, unda fuqaro X.J. tegishli bo`lgan, respublikamizga qonuniy olib kirilganligi va sifatini kafolatlovchi hujjatlari bo`lmagan 7 524 dona dori vositalari borligi aniqlandi. Shuningdek, fuqaro X.J. boshqaruvidagi “Neksiya 2” rusumli avtomashinasi ko`zdan kechirilganida, uning ichida ham 1 dona karton qutiga joylangan jami 120 dona “Kolikvel” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra umumiy qiymati deyarli 252 mln. so`mlik 8 xil turdagi jami 7644 dona dori vositalari vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar