Surxondaryolik fuqaro akasining erini so`roqsiz sotib yubormoqchi bo`ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
15 mart kuni shahar 4-son Ichki ishlar bo`limi Tergov bo`linmasining xabariga ko`ra, shaharning “Bog`ishamol” mahallasi, D.Sh. 2018 yil avgust oyida, tanishi shaharning “Pattakesar” mahallasida vaqtincha yashovchi, X.G`.ga shaharning “Bog`ishamol” mahallasida joylashgan akasi D.R.ning nomida bo`lgan 500 kvadrat metrga teng bo`lgan savdo-sotiq qilish uchun mo`ljallangan noturar joyni 430.000.000 (to`rt yuz o`ttiz million) so`m pullarga sotadi.
Fuqaro D.Sh. ushbu mulkni yaqin qarindoshlari bilan kelishmagan holda boylik orttirish maqsadida, o`zboshimchalik bilan sotib yuborishi hamda buning oqibatida yaqin qarindoshlar o`rtasida uzoq vaqtdan buyon kelishmovchilik davom etib keladi.
Shundan so`ng, D.Sh.ning turmush o`rtog`i Yu.T. 2020 yil 14 yanvar kunida Fuqarolik ishlari bo`yicha Termiz tumanlararo sudiga da`vo bilan murojaat qilib, shahardagi davlat notarial idorasi tomonidan 2018 yilning 2 avgust kunidagi D.R. va X.G`.larning o`rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini bekor qildirib, noturar joyni qaytarib olgan va X.G`.dan olgan 430.000.000 (to`rt yuz o`ttiz million) so`m pullarni qaytarib bermaganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan, 15 mart kuni D.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






