Ushbu savolga AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade javob berdi:
"Shu kungacha jahon miqyosda 28 million doza vaksina tarqatildi. Ularning aksariyati Koreya va Hindistonda ishlab chiqarilgan. Global dastur doirasida 190 ta mamlakat qamrab olingan. Ushbu 190 davlat ichidan 98 tasi o`zlari buyurtma berib olmoqda. Boylar boshqa vaksina, kambag`allar esa boshqa vaksina olyapti degan ma`lumotlar yolg`on.
OAVga murojaat qilmoqchiman: vaksinasiya masalasini xolis yoritib borish — jamoaviy majburiyatimiz. Dezinformasiya hech narsaga yordam bermaydi. Emlash ko`p sonli aholining hayotini saqlab qoladi. Dezinformasiya esa inqirozli holatni davom ettiradi.
Bugun O`zbekistonga COVID-19 ga qarshi vaksina keltirilgani — butun dunyoda vaksinalarni odilona taqsimlashga erishish yo`lidagi tarixiy qadam deyish mumkin. Ularga teng ega bo`lish pandemiyani to`xtatishda o`ta muhim, shu bois vaksinalarga hamma ega bo`lishini ta`minlashimiz zarur",- deya izoh berdi Munir Mamedzade.






