“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko`ra, bugun Yashnobod tumanidagi ba`zi gaz quvurlarida ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli sota 10:00 dan 18:00 gacha bir necha manzilgohlarda gaz ta`minoti bo`lmaydi, ba`zilarida gaz bosimi pasayadi.
- D.Usmanova ko`chasida;
- Karimova ko`chasida;
- Uysozlar ko`chasida;
- Mumtoz ko`chasida;
- Ohangrabo ko`chasida va ushbu ko`chaning 1, 2, 3 va 4-muyulishlarida;
- Chashma ko`chasi va uning 1, 2, 3 va 4-muyulishlarida;
- Shavkat ko`chasi va uning 1, 2, 3 va 4-muyulishlarida;
- Sadaf ko`chasida;
- Charos ko`chasida;
- Muloyim ko`chasida;
- Tabibiy ko`chasida;
- Tabassum ko`chasida
- Tolariq ko`chasida;
- DXX harbiy shaharchasida.
Ta`mirlash ishlari tugatilganidan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli etkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so`ramoqda.






