Surxondaryoda er-xotinning tortishuvi yomon oqibat bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Termiz shahrida 2021 yilning 14 mart kuni taxminan soat 19.30lar chamasida, shaharning “Bog`ishamol” mahallasida yashovchi, X.A. voyaga etmagan farzandini ko`rish maqsadida turmush o`rtog`i vaqtincha yashab kelayotgan shaharning “Pattakesar-2” mahallasida A.G. bilan o`zaro tortishib, janjallashishib qolishadi. A.G. turmush o`rtog`i X.A.ga qizini ko`rishiga to`sqinlik qilgani sabab o`rtada janjal kelib chiqadi.
O`zaro janjal oqibatida, er oshxona pichog`i bilan A.G.ning chap bel biqin sohasiga bir marotaba urib, “hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir” tan jarohati etkazgan. Mazkur holat yuzasidan, 15 mart kuni X.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






