AsosiyJamiyat

Namangandagi maktab o`qituvchisi stloda qoldirilgan telefonni o`g`irladi

'Namangandagi maktab o`qituvchisi stloda qoldirilgan telefonni o`g`irladi'ning rasmi

Joriy yil 18 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning dekabr oyida maktabning kutubxonasidagi stol ustida turgan narxi 1.400.000 so`mlik “SAMSUNG-10S” rusumli telefon apparatini noma`lum shaxs o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQB tezkor vakili  tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, Namangan shahridagi maktab o`qituvchisi, 1993 yilda tug`ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 mart kuni O`z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar