AsosiyJamiyat

Davlat boshqaruvi organlari va hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasi baholanadi

'Davlat boshqaruvi organlari va hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasi baholanadi'ning rasmi

Bu haqda darakchi.uz ga Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O`rinboeva ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, hukumatning joriy yil 13 martdagi “Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 134-son qaroriga muvofiq davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini doimiy ravishda monitoring qilinadi  hamda baholab boriladi.

Qaror bilan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va baholab borishga doir quyidagi tartiblar belgilandi:

  • davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimi orqali davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish bo`yicha o`qitish va baholab borish (har 3 yilda 1 marta) tizimi joriy etish;
  • davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish bo`yicha o`quv dasturi, materiallar va test savollari bazasini shakllantirish, davlat tashkilotlari xodimlarning huquqiy savodxonligi darajasini baholash va monitoring qilish vazifalari Adliya vazirligi zimmasiga yuklatildi;
  • davlat tashkilotlariga elektron platformaga joylashtirilgan o`quv materiallari asosida o`z xodimlarining mustaqil ravishda (ishdan ajralmagan holda) o`qishlarini ta`minlash topshirildi;
  • davlat boshqaruvi organlari markaziy apparati tarkibiy bo`linmalari, hududiy bo`linmalari, tizimidagi tashkilotlar rahbarlari, o`rinbosarlari va boshqaruv xodimlari, shuningdek viloyat darajasidagi hokimlarning o`rinbosarlari, tuman (shahar) hokimlari, ularning o`rinbosarlari, hokimliklar tarkibiy bo`linmalari rahbarlari, o`rinbosarlari va boshqaruv xodimlarining o`qitilishi va ularning huquqiy savodxonligi baholashdan o`tkazilishi nazarda tutilmoqda;

    Boshqa yangiliklar