Bu haqda spot.uz saytida BTCC kriptobirjasining asoschilaridan biri, sobiq bosh direktor Bobbi Li CNBCga bergan intervyusidagi ma`lumot keltirildi. Uning prognozicha, bitkoin tarixiy rekordlarni yangilaguncha bir necha yillar davomida pasayadi.
" - Bitkoinning narxi 300 000 dollargacha ko`tarilishi mumkin, shundan so`ng uning narxi pasayadi", - deydi Bobbi Li.
U bunday xulosalarni ushbu kriptovalyuta qiymatining dinamikasini tahlil qilish asosida qilishini tushuntirdi.
Unga ko`ra, bitkoin yozga kelib, 100 000 dollardan oshib ketishi mumkin va yil oxiriga kelib, u 300 000 dollarga ko`tarilishi mumkin. Biroq, o`sish bosqichi tugaganidan so`ng, kripto-valyutaning narxi ko`p yillar davomida pasayadi, deya qo`shimcha qildi Li.
So`nggi bir yil ichida Bitkoin deyarli 600%ga qimmatlashdi. 2021-yildagi valyuta qiymati o`zining tarixiy maksimumini bir necha bor yangiladi: mart oyining o`rtalarida bitkoin narxi tarixda birinchi marta 60 000 dollardan oshdi va CoinMarketCap ma`lumotlariga ko`ra ushbu kripto valyutasining kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshdi.






