AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov muhim savollarga javob qaytardi:
«Dunyoda ushbu kasallik qayd etilishi bir kunda 300 mingga tushishi bilan biz xotirjamlikka berila boshladik. Hozirda esa jahon bo`yicha bir kunda 500-550 ming yangi bemor ro`yxatga olinyapti va afsuski, har kuni 10 mingga yaqin odam shu virus tufayli vafot etyapti.
Haddan ortiq bemalolgarchilikka berilish, kasallik yuqib qolishi mumkin degan xavotirning yo`qolishi, qator tavsiyalarga e`tiborsizlik — niqob taqmaslik, ijtimoiy masofa saqlamaslik, antiseptik vositalardan foydalanmaslik oqibatida kasallanish ko`rsatkichi oshib ketdi.
Dam olish va sayr qilish istagida xorijiy davlatlarga borish, u erlarda epidemik noxush hududlardan kelgan shaxslar bilan muloqotda bo`lish natijasida COVID-19 infeksiyasi va uning «Britancha» shtammlari ham respublikamiz hududiga kirib keldi», – dedi Nurmat Otabekov.






