AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov muhim savollarga javob qaytardi:
«O`tgan davr mobaynidagi statistik ma`lumotlarga qarasak, umumiy kasallanganlarning 2-5, ba`zan 5-7% bolalarga to`g`ri kelgan. Hozirda esa bu ko`rsatkich 25% gachani tashkil etmoqda.
Albatta ushbu raqamlarga asoslanib, respublikamizda kasallanganlar, ayniqsa ular orasida bolalarning ko`pligini inobatga olib, yangi holatlar «Britancha» shtamm bilan bog`liq deyishimiz mumkin», – dedi Nurmat Otabekov.






