Farmonga ko`ra, jismoniy shaxsning o`limi qayd qilingandan so`ng vakolatli organlarning vazifalari aniq belgilandi. Unga ko`ra:
● Ichki ishlar vazirligi – vafot etgan shaxsning fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi, fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatlari, haydovchilik guvohnomalarini hisobdan chiqaradi, fuqaro qidiruvda bo`lsa, qidiruv va jinoyat-prosessual ishlariga tegishli ma`lumotlar kiritadi;
● Mudofaa vazirligi – vafot etgan shaxs harbiy ro`yxatdan chiqarilishini;
● Tashqi ishlar vazirligi – vafot etgan chet el fuqarolari va chet elda doimiy yashovchi fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bo`yicha tegishli xorijiy davlatga yoki uning O`zbekistondagi vakolatxonasiga xabar berilishini;
● Sog`liqni saqlash vazirligi – vafot etgan shaxs nogironligi bo`lgan shaxslar ro`yxatidan chiqarilishini;
● Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – vafot etgan shaxs “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi hisobidan chiqarilishini;
● Davlat soliq qo`mitasi – soliq qarzi mavjud bo`lmagan vafot etgan shaxs soliq to`lovchi sifatida ro`yxatdan chiqarilishini;
● byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi – vafot etgan shaxsning dafn marosimi uchun bir martalik nafaqa tayinlanishini va unga boshqa turdagi pensiya va nafaqalar hisoblanishi to`xtatilishini;
● Davlat xizmatlari agentligi – vafot etgan yakka tartibdagi tadbirkorning Tadbirkorlik sub`ektlarining Yagona davlat reestrida faoliyati tugatilgan maqomiga o`tkazilishini ta`minlaydi.
2021 yil 1 iyundan boshlab:
➖ FHDYo organlari tomonidan davlat statistika organlariga dalolatnoma yozuvlarining nusxalarini yuborish va hisobotlarni topshirish amaliyoti bekor qilinadi. Bunda statistika organlari hisobotlarni real vaqt rejimida onlayn oladi va shakllantiradi;
➖ huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa organlarga tadbirkorlar to`g`risidagi ma`lumotlarni Agentlik va davlat xizmatlari markazlaridan so`rash to`xtatiladi. Tashkilotlar ushbu ma`lumotlarni Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va hisobga qo`yishning avtomatlashtirilgan tizimidan mustaqil ravishda oladi.






