AsosiyJamiyat

Mudofaa vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Mudofaa vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan polkovnik Shuxrat G`ayratjonovich Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berildi. Shuningdek, Sh. Xolmuhammedov O`zbekiston mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Tayinlovga qadar Shuxrat G`ayratjonovich Xolmuhammedov mudofaa vazirining o`rinbosari, O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o`rinbosari, favqulodda vaziyatlar vazirining o`rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2016 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan polkovnik Shavkat Xusanbaevich Mamajonov Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar