AsosiyDunyo

Rossiya xorijlik talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berdi

'Rossiya xorijlik talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berdi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Hukumatining 2021 yil 16 martdagi №639-r farmoyishi bilan chet ellik talabalar, aspirantlar, ordinatorlar, tayyorlov fakultetlari tinglovchilariga o`qishni davom ettirish uchun Rossiyaga qaytib kelishiga uchun ruxsat berildi.

Rossiya Federasiyasi iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo`yicha federal xizmati («Rospotrebnadzor») tomonidan talabalar Rossiyaga qaytishi mumkin bo`lgan barqaror epidemiologik vaziyatga ega mamlakatlar ro`yxati  e`lon qilingan.

Ushbu ro`yxatda Armaniston, Abxaziya, BAA, Belarus, Vetnam, Gresiya, Janubiy Koreya, Janubiy Osetiya, Kuba, Maldiv orollari, Misr, Ozarbayjon, Seyshel orollari, Serbiya, Singapur, Tanzaniya, Turkiya, Finlyandiya, Shveysariya, Efiopiya, Yaponiya, Qatar, Qirg`iziston, Qozog`iston, Hindiston davlatlari bor.

Rossiya Davlat dumasi ta`lim qo`mitasi raisi o`rinbosari L.Duxaninaning ma`lum qilishicha, «Rospotrebnadzor» tomonidan mamlakatdagi koronavirus bilan bog`liq vaziyat xavfsiz deb topilmagani uchun o`zbekistonlik talabalarning Rossiyaga qaytishiga hozircha ruxsat berilmagan.

    Boshqa yangiliklar