Prezident tomonidan 27.02.2021 yildagi «O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi PQ-5010-son qaror imzolandi.
Quyidagi hujjatlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritiladi:
Prezidentning 23.08.2017 yildagi «O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3234-son qaroriga 1-ilova, 2-ilova;
O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko`rikdan o`tkazish to`g`risidagi nizom;
Prezidentning 28.06.2019 yildagi «O`smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-4375-son qaroriga 1-ilova, 3-ilova.
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi hamda Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy bo`linmalari namunaviy tarkibi yangilandi.
Nizomning (2) 4-bandiga kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq tuman (shahar) mudofaa ishlari bo`yicha bo`limlari huzurida hududiy tibbiy komissiyalar, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig`ish punktlarida harbiy-tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.
Yig`ish punktlaridagi harbiy-tibbiy komissiyalar va hududiy tibbiy komissiyalar o`z faoliyatini Prezidentning 6.03.2020 yildagi «O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-4630-son qaroriga, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko`rikdan o`tkazish to`g`risidagi nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Boshqa o`zgartirish va qo`shimchalar ham kiritilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 27.02.2021 yildan kuchga kirdi.






