O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 20-25° iliqgacha isiydi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Biroz shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-22° iliq atrofida bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 11-16° iliq bo`ladi.






