AsosiyDunyo

Germaniya "o`ta jiddiy" vaziyatga tushib qoldi: 3 haftalik lokdaun e`lon qilindi

'Germaniya "o`ta jiddiy" vaziyatga tushib qoldi: 3 haftalik lokdaun e`lon qilindi'ning rasmi

Germaniya COVID-19 bilan kasallanishning keskin o`sishi fonida uch hafta davomida izolyasiyaga qaytmoqda, deb xabar berdi "interfax".

Mintaqaviy rahbarlar bilan muzokaralardan so`ng kansler Angela Merkel Germaniya hozirda "o`ta jiddiy" vaziyatga tushib qolganini aytdi. 

"Bizda yangi virus paydo bo`ldi", dedi kansler Merkel. Koronavirusning juda yuqumli ingliz (Kent) varianti Germaniyada dominant bo`lib qoldi. Germaniya o`z aholisini koronavirusga qarshi emlash uchun vaqt bilan kurashmoqda, deya qo`shimcha qildi u.

Cheklovlar, ayniqsa, 1-5 aprel kunlari, aksariyat do`konlar yopiq paytlarda qattiq bo`ladi. 1 apreldan boshlab besh kun davomida nemislardan uyda qolish so`raladi. Diniy xizmatlar bekor qilinadi. Bayramlarda katta oilaviy yig`ilishlar taqiqlanadi: bir vaqtning o`zida besh kishidan ko`p bo`lmagan odamlar uchrashishi mumkin.

Germaniyada infeksiya darajasi 100000 aholiga 100 dan oshdi. So`nggi bir kun ichida yana 7485 ta yuqumli kasallik, shuningdek, 250 o`lim qayd etildi. Evropa Ittifoqi bo`ylab tarqalgan emlash Isroil, Buyuk Britaniya va AQShdan ancha orqada qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar