AsosiyDunyo

Putin koronavirusga qarshi emlandi, biroq qaysi vaksina ekani sir saqlanmoqda

'Putin koronavirusga qarshi emlandi, biroq qaysi vaksina ekani sir saqlanmoqda'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi va o`zini yaxshi his qilmoqda. Bu haqda Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, TASS xabar berdi. 

"Putin koronavirusga qarshi emlandi. O`zini yaxshi his qilmoqda, - dedi Kreml vakili. - Ertaga u to`liq ish kunini o`tkazadi."

Kreml davlat rahbari Rossiyaning uchta vaksinasidan qaysi birini tanlaganiga aniqlik kiritmadi. Tushuntirilishicha, Kreml ataylab prezidentga qaysi vaksina bilan emlanishini ko`rsatmaydi va "Rossiyaning barcha uchta emlashlari mutlaqo ishonchli va samarali" ekanligini ta`kidlaydi. Rossiya rahbarining emlashi boshqa mamlakatlardagi ba`zi siyosatchilar singari ommaviy tadbir emas edi. Seshanba kuni jurnalistlarga buning sabablarini Kreml vakili quyidagicha izohladi: "Kameralar ostida emlash masalasiga kelsak, u [Putin] buni yoqtirmaydi".

2020 yil 17 dekabr kuni bo`lib o`tgan katta matbuot anjumanida Rossiya prezidenti, albatta, iloji boricha COVIDga qarshi vaksina olishini aytgandi.

    Boshqa yangiliklar