1

Sayyoh qiz kimsasiz, inson oyog`i etmagan orolda 19 kun yashadi

Dunyo 20.02.2016, 11:25
Sayyoh qiz kimsasiz, inson oyog`i etmagan orolda 19 kun yashadi

Yaponiyalik 22 yoshli Reykko Xori (Reikko Hori) o`z ixtiyori bilan Avstraliyaning shimoli-g`arbidan etti ming kilometr uzoqlikda joylashgan Indoneziya orollaridan biri bo`lmish Amparoda 19 kun yashadi, deya xabar berdi “lenta.ru” nashri. 

Osakolik bu qiz Docastaway kompaniyasidan sayohatga chipta sotib oldi. Kompaniya uni kattalashtiruvchi oyna, suv ostida ov qilish uchun mo`ljallangan qurol bilan qirg`oqqa tashlab ketdi. Bunday ta`til odamlarni hamma sharoiti mavjud bo`lgan dam olishdan voz kechishga undaydi. 

Reykkoning aytishicha, u juda odamovi qiz, jamoa orasida o`zini noqulay his qiladi. Shuning uchun yolg`izlikda dam olishga qaror qilgan. Bunday safarga jo`nash undan ko`p narsa talab qilmadi. U o`zi bilan bor-yo`g`i bir ikkita kiyim oldi, xolos.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1