AsosiySport

O`zbekiston va Gana futbol jamoalari o`rtasida o`tkaziladigan o`yinni qirg`izistonlik hakamlar boshqaradigan bo`ldi

'O`zbekiston va Gana futbol jamoalari o`rtasida o`tkaziladigan o`yinni qirg`izistonlik hakamlar boshqaradigan bo`ldi'ning rasmi

Namangandagi "Markaziy" stadionda bo`lib o`tadigan mazkur bahsni qirg`izistonlik FIFA referisi Dayirbek Abdildaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo`ldi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Nazoratchi sifatida ko`p yillar xalqaro maydonlarda hamyurtimiz Ravshan Ermatov bilan bitta hakamlar brigadasida faoliyat ko`rsatgan qirg`izistonlik taniqli mutaxassis Bahodir Qo`chqorov faoliyat olib boradi.

Bosh hakam: Dayirbek Abdildaev (Qirg`iziston)

Yon hakamlar: Sergey Grishchenko (Qirg`iziston), Ismoilxon Tolipjonov (Qirg`iziston)

Zaxira hakami: Nurzutbek Askat o`g`li (Qirg`iziston)

Nazoratchi hakam: Bahodir Qo`chqorov (Qirg`iziston)

    Boshqa yangiliklar