Rossiya Federasiyasi hududiga koronavirus infeksiyasi kirishi va tarqalishining oldini olish bo`yicha Tezkor shtab tomonidan mamlakatga chet el fuqarolarini ishga jalb qilish bo`yicha Harakatlar algoritmi tasdiqlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Ushbu Algoritmga muvofiq, chet el fuqarolarini ishga jalb qilish uchun ish beruvchi tashkilot quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- milliy, federal yoki mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishi;
- shtatdagi xodimlari soni kamida 250 nafar bo`lishi;
- daromadi 2 milliard rubldan ortiq bo`lishi;
- soliqlardan qarzi yo`q bo`lishi.
«Rabota v Rossii» portalida ish beruvchi tashkilotlarning chet el fuqarolarini ishga jalb qilish bo`yicha buyurtmalari shakllantiriladi, talabnomalari joylashtiriladi va boshqa jarayonlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, mehnat migrantlari uchun transport, ovqatlanish, turar joy va karantin joylarini tashkil etish ish beruvchi tashkilot tomonidan ta`minlanishi kerak.






