AsosiyDunyo

O`zbekistonga ikki oyda 85 ta elektromobil olib kelingan

'O`zbekistonga ikki oyda 85 ta elektromobil olib kelingan'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-fevral oylarida O`zbekistonga xorijdan 85 ta elektromobil import qilingan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 78 taga ko`p.

2021 yilning fevral oyida 32 ta elektromobil import qilingan.    

2021 yilning yanvar-fevral oylarida O`zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

  •  Xitoy – 55 ta
  •  Turkiya – 24 ta
  •  Koreya – 3 ta
  •  AQSh – 2 ta
  • Litva – 1 ta  

So`nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:

  •  2018 yilda – 13 ta
  •  2019 yilda – 39 ta
  •  2020 yilda – 131 ta

 Ma`lumot o`rnida, 2021 yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan elektromobillar uchun 1,5 million AQSh dollari sarflangan.

 

    Boshqa yangiliklar