AsosiyShou-biznes

Aktyor Rixsitilla Abdullaev “Sug`diyona” filmida “Hamma ayollar fohisha” degani uchun baloga qoldi

O`zbek milliy akademik drama teatri aktyori Rixsittilla Abdullaevning muxlisi ijtimoiy tarmoqlar orqali unga e`tiroz bildirdi, deb yozadi “Qalampir.uz”.

Bundan bir necha yil avval rejissyor Baxrom Yoqubov tomonidan suratga olingan “Sug`diyona” filmida Rixsitilla Abdullaev Farrux Soipovga qarata “Hamma ayollar fohisha, meni tuqqan odamdan tashqari degan ekan bir italiyalik. Undan nima uchun bunday deyapsiz deb so`rashsa, chunki meni onam tuqqan, u men uchun farishta degan ekan”, – deydi.

Instagram ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilaridan biri Rixsitilla Abdullaevning shaxsiy sahifasiga yuqoridagi so`zlarni eslatib izoh qoldirdi.

“Bir narsa hech yodimdan chiqmaydi. “Sug`diyona” filmida bir italiyalik “faylasuf”ning “Barcha ayollar...” degan gapini aytgandingiz. Sizning ham qizingiz, singlingiz bo`lsa kerak... Ertaga qizingiz shu filmingizni ko`rib, o`zingizdan ham so`rar, balki... Tan olish kerak, rolni qoyilmaqom qilib o`ynagansiz. Ammo biz o`zbekmiz, bizning milliy qadriyatlarimiz, odob-axloqimiz, mentalitetimiz bor. To`g`ri kelgan gapni, to`g`ri kelgan joyda aytish bizga yarashmaydi”, – deya Abdullaevning fikri bilan qiziqqan.

Aktyor Rixsitilla Abdullaev muxlisining e`tirozlarini bee`tibor qoldirmadi.

“Bu bahsli masala. To`g`risi, u vaqtlarda kinoga endigina kirib kelgan edim. Mening fikrimni hech kim eshitmas edi. To`g`ri tushuning, bizni ssenariyda bor narsani ijro etishga majburlashadi. Hozir ancha ulg`aydik, fikrimizni o`tkazamiz”, – deb javob izohini yozdi aktyor.

Boshqa yangiliklar