Berlin xalqaro kinofestivali— “Oltin ayiq”ning bosh sovriniga italiyalik rejissyor Janfranko Rozi tomonidan suratga olingan va afrikalik qochoqlarning Evropaga kirib olishga urinishlari haqida hikoya qiluvchi hujjatli film “Dengizdagi olov” sazovor bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Eng yaxshi rejissura uchun “Kumush ayiq”ni “Kelajak” filmi rejissyori Mia Xansen-Lov oldi.
“Eng yaxshi aktyor” nominasiyasida tunislik Majid Mastur g`olib bo`ldi. U rejissyor Muhammad Ben Attiyning “Xedi” filmida suratga tushgan. Mazkur kartina esa “yilning eng yaxshi debyuti” deb topildi.
Eng yaxshi ayol roli ijrochisi nominasiyasidaTomas Vinterbergning “Kommuna” kartinasida suratga tushgan daniyalik Trina Dyurxolm g`olib bo`ldi.
Eng yaxshi ssenariy uchun “Kumush ayiq”ni rejissyor Tomash Vasilevskiyning “Sevgi qo`shma shtatlari” kartinasi oldi.
Hakamlar hay`tining gran-prisi bosniyalik rejissyor Danis Tanovichning “Saraevodagi o`lim” filmiga topshirildi.
Alfred Bauerning kinematografidagi yangi jahalarni kashf etganlik uchun mukofotining filippinlik rejissyor Lav Dias qo`lga kiritdi.





