AsosiySport

“Bunyodkor” Saudiya Arabistoniga jo`nab ketdi

Xabaringiz bor, 23-24 fevral kunlari Osiyo Chempionlar ligasi turnirining 1-tur uchrashuvlari o`tkaziladi.

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ilk turni mehmonda Ar-Riyodning “Al-Nasr” klubiga qarshi o`tkazadi. Shu munosabat bilan “qaldirg`ochlar” delegasiyasi bugun (21 fevral) erta tongda Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga yo`l olishdi. Bu haqida klubning Instagramdagi sahifasida xabar qoldirilgan. 

Eslatib o`tamiz, 1-tur doirasidagi “Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvi 23 fevral kuni Ar-Riyoddagi “Qirol Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan 22:15da boshlanadi.

Manba: uff.uz

    Boshqa yangiliklar