Bu haqda Milliy matbuot markazi yozmoqda. Rossiya o`zining koronavirusga qarshi CoviVac nomli uchinchi vaksinasini ishlab chiqarishni boshladi. Ayni paytda ushbu vaksina sinovlarining uchinchi bosqichi davom etmoqda va u tez orada odamlarga tarqatila boshlanadi.
Hozirda Rossiyada koronavirusga qarshi ishlatilishi mumkin bo`lgan vaksinalar soni uchtani tashkil qilib, ularning eng mashhuri Sputnik V bo`lsa, EpiVacCorona va CoviVac vaksinalari ham favqulodda foydalanish uchun ro`yxatdan o`tkazilgan.
“Rossiyada uchinchi koronavirus vaksinasi aholiga etkazilib berish arafasida turibdi. U tez orada viloyatlarga tarqatiladi” deyiladi Rossiya Fan va Oliy ta`lim vazirligi bayonotida.
Interfaksning yozishicha, CoviVacning so`nggi bosqich sinovlari yarim yil ichida yakunlanadi. Ushbu vaksinadan yiliga 10 million dozada ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.






