Lola o`zining ijtimoiy tarmoqda joylangan ushbu surati ostiga qoldirgan izohi, barcha muxlislarini o`ylantirib qo`ydi.
Muxlislar sevimli xonandalarining ham hayotida mo``jiza yuz berganidan hursand. Ushbu surat ostidagi izohda shunday yozilgan:

“Biz bir kunda tug`ilamiz. Bir kunda dunyoni tark etamiz.Va bir kunda o`zgarishimiz va atiga bir kun ichida sevib qolishimiz mumkin. Mo``jiza yuz berishi uchun bor yo`g`i bir kun kifoya”
O`zining izohi ohiriga xonanda yurakcha shaklidagi belgini qoldirgan.
Yaqinda Lola turmush o`rtog`ining uylangani haqidagi savollarga javob bera turib, nasib qilsa bir kun kelib, o`z qalbim sohibi bilan oila quraman, deya javob bergandi.





