1

Snouden AQShga qaytish shartlarini aytdi

Dunyo 22.02.2016, 09:36
Snouden AQShga qaytish shartlarini aytdi

Ayni damda Rossiyada yashayotgan AQSh milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden Amerikaga qaytishga tayyorligini ma`lum qildi.

AQShga qaytish uchun Snouden shart qo`ydi, ya`ni mamlakatdan u erda adolatli sud tashkil etilishini talab etdi, bu haqda The Associated Press agentligi xabar beradi.

«Men hukumatga agar menga adolatli sudni ta`minlab berishsa hamda sud yakunlariga ko`ra sud maslahatchilari qaror qabul qilishsagina qaytishimni aytdim», — deydi u Nyu-Gempshir shtatida Skype orqali tashkil etilgan forumda.

Snouden sudda uning himoya tomoniga maxfiy ma`lumotlarni oshkor qilinishiga ruxsat berishlarini talab qilishini qo`shimcha qildi.

2013 yilda AQSh MRB hamda MXA sobiq xodimi Edvard Snouden Amerika maxsus xizmatlarining oddiy fuqarolar hamda bir qator Evropa mamlakatlari, xususan, Germaniya, Ispaniya va Fransiya ortidan josuslik qilgani haqidagi janjalli materiallarini oshkor qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1