AsosiyJamiyat

Toshkentning ayrim hududlarda issiqlik ta`minoti vaqtincha to`xtatilishi aytildi

'Toshkentning ayrim hududlarda issiqlik ta`minoti vaqtincha to`xtatilishi aytildi'ning rasmi

“Toshissiqquvvati” DUK xabar berishicha, Mirzo Ulug`bek tumani Qorasuv-3 mavzesi, Mingbuloq ko`chasiga asfalt yotqizish ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur yo`l ostidan o`tgan magistral issiqlik tarmoqlari ham yangilanmoqda. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Shu munosabat bilan 27 martdan 29 mart soat 19:00 ga qadar quyida keltirilgan manzillarda issiqlik energiyasi ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi:

  • Qorasuv-1,2,3,4 mavzelarida;
  • Do`rmon yo`li ko`chasida;
  • BUZ-2 mavzesida;
  • Feruza mavzesida;
  • Feruza ko`chasida;
  • Mirzo Ulug`bek ko`chasida.

Ma`lum qilinishicha, ushbu manzillar issiq suv ta`minotidan uzilmaydi.

Boshqa yangiliklar