AsosiySport

Uchinchi Toshkent xalqaro marafoni start oldi

'Uchinchi Toshkent xalqaro marafoni start oldi'ning rasmi

Bugun poytaxtda har yili Navro`z bayramiga bag`ishlab o`tkaziladigan Toshkent xalqaro marafoni uchinchi bor start oldi.

Musobaqaning ochilish marosimi tantanali ruhda tashkil qilindi. Unda O`zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, O`zbekiston triatlon federasiyasi raisi Viktor Mahmudov, O`zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov so`z olib, tashkil qilinayotgan ushbu marafon muhtaram Prezidentimiz ilgari surayotgan sog`lom turmush tarzi targ`iboti yo`lida katta o`rin tutishini alohida ta`kidlab o`tishdi. Shuningdek, tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O`zbekiston MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o`rinbosari Avaz Karimov ham ishtirok etdi.

Shundan so`ng dastlab marafon va yarim marafon, ekiden marafon, so`ng 3 kilometr masofaga o`tkazilgan bellashuv ishtirokchilari navbatma-navbat startga chiqishdi. Ta`kidlash joiz, bu yilgi poyga doirasida ilk bor ekiden marafoni bo`yicha ham bellashuvlar o`tkazilmoqda. Hozirda 3 km masofaga kechgan poyga g`olib va sovrindorlari nomi ma`lum. Eslatib o`tamiz, ushbu marafon trassasi xalqaro sertifikatga ega bo`lib, unda Olimpiada normativini bajargan sportchilar Tokio-2020ga yo`llanma olishi mumkin.

E`tiboringizga musobaqa jarayonidan bir qator fotosuratlarni havola qilamiz:

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar