Olmaota bosh sanitar vrachi Jandarbek Bekshinning yangi qarorida 20 mart kuni imzolangan, hududda 28 mart kunigacha karantin joriy etish haqidagi qaroriga qo`shimcha va o`zgarishlar kiritilib, karantin muddati uzaytirildi.
Unga ko`ra, «qizil» hududda quyidagilarning faoliyat ko`rsatishi taqiqlanadi:
- Savdo-ko`ngilochar markazlari, savdo uylari, oziq-ovqat mahsulotlari sotilmaydigan do`konlar;
- «Shimbuloq» tog` kurorti; «Medeu» katoki;
- jamoat hammomlari, saunalar, SPA-markazlar, basseynlar; fitnes markazlar, sport va sog`lomlashtirish markazlari;
- muzeylar, kutubxonalar, hayvonot bog`lari, sirklar, bolalar va o`smirlar ta`lim markazlari;
- kompyuter klublari, bilyardxonalar, boulinglar, tungi klublar, teatrlar, kinoteatrlar, konsert zallari.
Shuningdek, masjidlarda jamoaviy ibodat qilish (juma namozlari va besh mahal namoz) to`xtatilgan, boshqa diniy muassasalarda ham yig`inlar o`tkazilmaydi. Ramazon oyi vaqtida iftorliklar taqiqlanadi - faqat oila davrasida og`iz ochish qilish mumkin. Dafn marosimlari faqat marhumning yaqinlari ishtirokida, ishtirokchilar soni o`n nafardan oshiq bo`lmagan tartibda o`tkazilishiga ruxsat berilgan.
Umumta`lim maktablari o`quvchilari va oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishni masofadan davom ettiradi.
Shaharlararo muntazam avtobus qatnovlari to`xtatiladi, tomoshabinlar ishtirokida sport musobaqalari o`tkazilishi taqiqlanadi.
Cheklovlar quyidagilarning faoliyatiga ham ta`sir ko`rsatadi:
- oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan bozorlar dam olish kunlari ishlamaydi, begim kunlari soat 17.00da yopiladi;
- umumiy ovqatlanish shoxobchalari faqat uyga etkazib berish va olib ketish xizmatlari bilan ishlaydi;
- jamoat transporti (shahar ichkarisida va shahar tashqarisiga marshrutlar) - dam olish kunlari shtat jadvaliga muvofiq, ertalab soat 6.00dan 10.00gacha, kechqurun 17.00dan 22.00gacha ishlaydi;
- ofislar xodimlarining 80 foizi uydan ishlashga o`tkaziladi, shahar hayoti uchun muhim bo`lgan tashkilotlar va ob`ektlar ishchilari bundan mustasno;
- Aholiga xizmat ko`rsatish markazlari begim kunlari faqat 18.00gacha ochiq bo`ladi;
- go`zallik salonlari xat bilan ogohlantirgan holda ishlaydi va faqat soch oldirish mumkin bo`ladi.
Qaror 29 martdan kuchga kiradi.
Qozog`istonda kunlik kasallanish ko`rsatkichlari kun sayin o`sib bormoqda. 27 mart kuni mamlakatda 1596ta yangi holat qayd etilgan - bu bir kun oldingidan 100taga ko`p. Shundan eng ko`p holat Olmaotada aniqlangan - 510ta yangi holat. Keyingi o`rinda poytaxt Nursulton - 382ta yangi holat.
Mamlakatda shu vaqtgacha 240 mingdan oshiq kishida kasallanish holati qayd etilgan, 2980 kishi koronavirus qurboni bo`lgan, 216 mingdan ortiq bemor tuzalgan, hozirda 20 mingdan ortiq kishi kasallikdan davolanmoqda (aktiv keys).
Eslatib o`tamiz, Qozog`iston poytaxti Nursultonda ham 18 martdan cheklov va karantin choralari kuchaytirilgandi.