1

Putin va Obama Suriyadagi terakt yuzasidan muzokara o`tkazishadi

Dunyo 22.02.2016, 15:16
Putin va Obama Suriyadagi terakt yuzasidan muzokara o`tkazishadi

Suriyada sodir etilgan teraktlar qurbonlari soni ortmoqda. 

Damashqdagi terakt oqibatida 87 kishi, Xomsdagi terakt oqibatida esa 59 kishi halok bo`ldi. Har ikkala shahar hukumat qo`shinlari tomonidan nazorat ostiga olingan. 

“Islom Davlati” terrorchilik guruhi portlashni sodir etganligini o`z bo`yniga oldi. Terakt Damashq va Xoms shaharlarida sodir etilgan bo`lib, uni minalashtirilgan avtomobil va ikki hudkush-terrorchi amalga oshirgan, deya xabar berdi “Euronews” nashri. 

Bu ikki shahardagi portlash Suriyada diplomatik yarashuv masalasi ko`rilayotgan bir paytga to`g`ri keldi. 

Rossiya va AQShning tashqi siyosiy idoralar rahbarlari Lavrov va Kerri yakshanba kuni bir necha marotaba qo`ng`iroqlashib, Suriya masalasi bo`yicha ikki mamlakat prezidentlari Obama va Putin muzokara o`tkazishiga kelishishdi. 

Kerri Iordaniyaga qilgan tashrifida bu nizo yaqin kunlarda barham topishi, ammo “Islom davlati” kabi terrorchilik guruhlarini yo`q qilish to`xtatilmasligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1