AsosiyJamiyat

O`zbekiston sizdeklar yashay olmaydigan yurt bo`lishi uchun hamma narsani qilamiz — Alisher Qodirov besoqolbozlarga

'O`zbekiston sizdeklar yashay olmaydigan yurt bo`lishi uchun hamma narsani qilamiz — Alisher Qodirov besoqolbozlarga'ning rasmi

O`zbekiston “Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov "Shu kunlarga ham etib keldik, afsus..." nomli munosabatni o`zining telegram kanalida e`lon qildi. 

"G`urursiz, sharafsiz hayotni o`limdek ko`rgan millatning erkaklari ichida ham erkaklikdan mahrum so`taklar borligini isbotladingiz...

Toshkentda besoqolbozlarning provakasion mitingini o`tkazishga harakatlar bo`layapdi. Bu provakasiyaga aldanib, e`tiroz uchun yig`ilganlarning bir qanchasi surishtiruvlar uchun ushlangan. Tartibbuzarlarga tegishli chora ko`rilishi aniq, lekin masala boshqa tomonda... Oddiygina miting haqida gap ketmayapdi. Bu millat qadriyatlari va jamiyatning fundamental ustunlariga mayda-mayda, lekin yirik niyatlar bilan urilayotgan zarbadir.  

Bu holat Jinoyat kodeksining 120-moddasini yanada kuchaytirishga ehtiyoj borligini yaqqol ko`rsatdi.  

Modda besoqolbozlik, LGBT g`oyalarini har qanday shaklda targ`ib qilishni ta`qiqlashi kerak. Albatta, jazo juda yumshoq. Bu modda sanksiyalari majburiy davolash, ozodlikdan mahrum etish, mamlakat fuqaroligini bekor qilish, mamlakatdan badarg`a qilishgacha ko`zda tutishi kerak.  

O`zbekiston xalqi sizdeklar bilan bir davlatda yashashni istamasa buni qonunda aks etishi kerakligi juda ham tabiiy holat.  

Terrorchilardek g`urursizlarning ham millati bo`lmaydi!

SIZLARNI RAD ETAMIZ!  

O`zbekiston sizdeklar yashay olmaydigan yurt bo`lishi uchun hamma narsani qilamiz.  

MILLATIMIZGA OQ BO`LING, ShARAFSIZLAR" deb yozadi partiya Markaziy kengashi raisi. 

Eslatib o`tamiz biroz avval: Toshkentda besoqolbozlarga qarshi miting o`tkazilgan edi. Unga IIBB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirgandi. 

    Boshqa yangiliklar