AsosiyJamiyat

LGBT masalasining muhokamaga ko`tarilishi uyushtirilgan voqeaga o`xshayapti — deputat

'LGBT masalasining muhokamaga ko`tarilishi uyushtirilgan voqeaga o`xshayapti — deputat'ning rasmi

Globallashuv jarayoni jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda axborot xurujlari tobora avj olmoqda. Bitta voqeani sun`iy uyushtirish vositasida boshqa voqealarni yuzaga keltirish holatlari kuzatilyapti.

LGBT masalasining ijtimoiy tarmoqlarga muhokamaga ko`tarilishi ham uyushtirilgan voqeaga o`xshayapti. Chunki shu holatdan keyin poytaxtimizda bir guruh yoshlarning noqonuniy chiqishlari ro`y berdi.

Bu o`rinda asl reja kimningdir huquq va manfaatini himoya qilish emas, balki hayotiy pozisiyasi, diniy tafakkuri shakllanib ulgurmagan yoshlarning hissiyotlarini junbushga keltirish orqali ularni noqonuniy harakatlarga undash, mamlakatimizdagi ijtimoiy barqarorlikka putur etkazishdan iborat bo`lishi mumkin.

Fikrimcha, ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash mamlakatni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir. Shuning uchun qonunlarda taqiqlangan, fuqarolarning tinchlik-xotirjamligiga salbiy ta`sir qiladigan harakatlarga qarshimiz.

LGBT masalasi qonunchiligimizga ham, xalqimiz e`zozlaydigan qadriyatlarga ham, muqaddas dinimizga ham zid narsa. Shaxsan men bu yo`nalishda qonunchilikdagi taqiqlar bekor qilinishiga qarshiman. Eng avvalo saylovchilarmizning xohish istaklaridan kelib chiqib bu pozisiyani ilgari surmoqdamiz.

Hamyurtlarimizdan biron mavzuni muhokama qilayotganda, yoki fikr, munosabat bildirayotganda haddan ortiq his-tuyg`ularga berilmasliklarini so`rab qolamiz.

 

Sherbek BO`RONOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O`zXDP fraksiyasi a`zosi

Mavzuga doir:
O`zbekiston sizdeklar yashay olmaydigan yurt bo`lishi uchun hamma narsani qilamiz — Alisher Qodirov besoqolbozlarga

    Boshqa yangiliklar