Toshkentda ayollar jamoalari o`rtasida mini futbol bo`yicha XII O`zbekiston chempionati musobaqalarining 2-tur o`yinlari start oldi, deb xabar beradi O`zA.
Joriy yilgi turnirda 12 ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib bormoqda. Musobaqaning markaziy uchrashuvlaridan biri Qarshining «Sevinch» va Xorazmning «To`maris» jamoalari o`rtasida bo`lib o`tdi. Murosasiz va qiziqarli kechgan uchrashuvda qarshiliklar raqiblar darvozasiga javobsiz uchta to`p kiritdi. Qolgan uchrashuvlarda esa quyidagi natijalar qayd etildi: «Lokomotiv» (Toshkent) - «Paxtakor» (Toshkent) - 3:6, «Jizzax» (Jizzax) - «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti» (Toshkent) – 2:1, «Andijanka» (Andijon) - «Qirq qiz» (Nukus) - 3:0, «Singapur menejmentni rivojlantirish instituti» (Toshkent) - «Zomin» (Zomin tumani) - 4:1.
22.02.2016 16:28





