1

Rim Papasi butun dunyoda o`lim jazosini bekor qilishga chaqirdi

Dunyo 23.02.2016, 09:42
Rim Papasi butun dunyoda o`lim jazosini bekor qilishga chaqirdi

Rim Papasi barcha mamlakatlarga o`lim jazosini bekor qilishni so`rab murojaat qildi, deya xabar berdi “Euronews” nashri. 

U Vatikanning Avliyo Pyotr maydonida yakshanba xutbasida “oliy jazo”ga doir mavzuni ko`tardi. Joriy yil Rim-katolik cherkovida “Mehr-shafqat” yili deb e`lon qilinganligi sababli Rim Papasi o`lim jazosini bekor qilishni so`radi. 

U “Inson jinoyatchi bo`lsa ham Yaratgan bergan umrni yashashga haqli, zamonamizda jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun insonni qatl etish shart emas”, deya fikr bildirdi. 

Amnesty International huquqni muhofaza qilish tashkilotining bergan ma`lumotiga ko`ra, bugungi kunda 22 mamlakatda o`lim jazosi hali ham qo`llaniladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1