AsosiyShou-biznes

"O`zbeknavo" estrada xonandalarining malakasini oshirmoqda (FOTO)

“O`zbeknavo” estrada birlashmasi tashabbusi bilan O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida  estrada ijodkorlarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning erkin ijod qilishlariga ko`maklashish, hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda mutaxassislar yordamida ijodkorlar uchun zaruriy bo`lgan bilim va ko`nikmalar olishlariga sharoit yaratish, jamiyat taraqqiyotida san`atkor ijodining ahamiyatini yanada kuchaytirish, ularni o`z ijodlari orqali yoshlar tarbiyasi, ommaga vatanparvarlik ruhini singdirish, tinchlikni saqlash, Vatan ravnaqi yo`lida fidokorona mehnat qilish, tahdidlardan ogohlikka chaqirish kabi yo`nalishlarda xizmat qilishga undash uchun 2016 yil davomida estrada ijodkorlariga mo`ljallangan maxsus malaka oshirish o`quv kurslarida tahsil olmoqdalar. Bu haqda “O`zbeknavo” estrada birlashmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

  

Ushbu o`quv kurslarida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, axborot xavfsizligi, nutq va sahna madaniyati, vokal san`ati, sahna harakati   fanlari o`quv dasturiga kiritilgan.

Bugun ushbu o`quv kursining ilk kirish darsi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston san`at va madaniyat instituti rektori, professor B.Sayfullaev, Madaniyat va sport ishlari vaziri o`rinbosari – “O`zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori F.Djuraev, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori O.Xasanov va boshqa institut professor-o`qituvchilari qatnashdilar.

Bugungi darsda malaka oshirish kursining dolzarbligi, huquqiy asoslari, sahna madaniyati, institut tartib qoidalri yuzasidan tushuncha berildi. Shuningdek yosh iste`dodli estrada xonandalariga ushbu o`quv dargohidan o`zlariga kelajakda hamkorlik qiladigan ustoz tanlashlari takliflari bildirildi.

    Boshqa yangiliklar