1

Barak Obama AQSh fuqarolarini uchta xavfdan ogoh qildi

Dunyo 23.02.2016, 10:02
Barak Obama AQSh fuqarolarini uchta xavfdan ogoh qildi

AQSh prezidenti Barak Obama gubernatorlar milliy assosiasiyasi a`zolari bilan Oq uydagi uchrashuvida AQSh fuqarolari uchun uchta xavf borligini ta`kidladi, deya xabar berdi “TASS” nashri. 

Uning fikricha, bular – terorrizm, kiberhujum, ya`ni ba`zi bir davlatlar tomonidan xakerlik hujumlari va dunyo bo`ylab keng tarqalayotgan Zika kabi viruslardir. 

“Bizga xavf solayotgan uch xavfning eng birinchisi bu terrorizmdir. Kaliforniyaning San-Bernardinosida ro`y bergan teraktni yoki Michigan shtatida shanba kuni taksi haydovchisi olti kishini otib tashlaganini, ikki kishini yarador qilganini yodga olaylik. Shahar meriga, sherifga, mahalliy polisiya mahkamasi boshlig`iga telefon qilib, ularga zarur bo`ladigan barcha ma`lumotlarni olishda yordam berishimni aytdim. Faqat hushyor bo`lishimiz lozim, federal hukumat boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda AQSh hududiga ekstremistlarni kirgizmaslik maqsadida faol ish olib boryapti. 

Ikkinchi xavf bu harbiylarimizga, kompaniyalarga, davlat tashkilotlariga bo`ladigan kiberhujumdir. Bu hujum oqibatida nafaqat AQSh infrastrukturasiga, balki amerikaliklarning shaxsiy ma`lumotlariga ham ziyon etishi mumkin. 
Uchinchi xavf esa Zika virusi kabi kasalliklarning tarqalishidan ehtiyot bo`lishimiz zarur ”, deydi Barak Obama.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1