1

“Uinston” dovuli: Fiji uchun sinovli kunlar yaqinlashmoqda

Dunyo 23.02.2016, 10:03
“Uinston” dovuli: Fiji uchun sinovli kunlar yaqinlashmoqda

Orol qirg`oqlarini deyarli egallagan kuchli, tropik “Uinston” dovuli tufayli Fiji hukumati 30 kunlik tartibot kunlarini e`lon qildi, deya xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Ilgari mamlakatda komendant soati e`lon qilinib, faqatgina qutqaruv xizmati xodimlarigina pana joydan tashqarida yurish huquqiga ega edilar. Fiji bosh vaziri Voreke Bainimarama mamlakat fuqarolariga hukumat ko`rsatmalari va xavfsizlik chora-tadbirlariga so`zsiz bo`ysunishlari lozimligini, mamlakat uchun sinovli kunlar yaqinlashayotganligini ta`kidladi.

Dovul o`zining qudrati bilan beshinchi o`rinni egalladi – uning shamol tezligi soatiga 230 kilometrni, shiddati esa soatiga 325 kilometrni tashkil etadi. 

Fiji Tinch okeanning janubiy qismida joylashgan bo`lib, uning aholisi 890 ming kishidan iborat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1