1

AQShning “asosiy dushmanlari” aniqlandi

Dunyo 23.02.2016, 11:09
AQShning “asosiy dushmanlari” aniqlandi

Gallup International kompaniyasi amerikaliklar o`rtasida so`rovnoma o`tkazdi. So`rovnomada ishtirok etgan fuqarolarning 16 foizi Koreya Xalq Demokratik Respublikasinini AQShning “asosiy dushmani” deb atadi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

AQSh uchun xavf tug`diradigan mamlakatlar ro`yxatining ikkinchi o`rnini Rossiya, uchinchi va to`rtinchi o`rinlarini Eron va Xitoy egallagan. 

DAISh xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyat yuritayotgan mamlakatlar esa xavflilik darajasi bo`yicha 5 foiz ishtirokchilargina ovoz bergan.

Joriy yilning boshidan beri KXDR bir necha marotaba dunyo hamjamiyatida xavotir tug`dirdi. 6 yanvar kuni KXDR vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazganini ma`lum qildi. Mamlakat rahbari Kim Chen In yadroviy qurol ularga AQSh tomonidan bo`lishi mumkin bo`lgan tahdiddan himoyalanish uchun zarurligini bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1