AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qurilish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash markazlari tashkil etildi

'O`zbekistonda qurilish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash markazlari tashkil etildi'ning rasmi

Bandlik va mehnat munosabatlari, Qurilish hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklari hamkorligida mamlakatimizning barcha hududlarida qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazlari tashkil etildi.

Markazlarda o`quv jarayoni joriy yil aprel oyidan boshlanadi. Unda qurilish sohasidagi kasblar (betonchi, g`isht teruvchi, payvandchi, duradgor, suvoqchi, bo`yoqchi, santexnik, elektrik, stropalchi, kafelchi, gipsokartonchi, kran mashinisti, tom yopuvchi, temir-beton montajchisi) va chet tillari bo`yicha mashg`ulotlar mahalliy va xorijiy oliy ta`lim muassasalarining o`quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Xabarda aytilishicha:

  • o`quv kursi muddati 3 oy;
  •  yotoqxona va uch mahal ovqat bilan ta`minlanadi;
  •  o`quv kursi bitiruvchilari xorijiy salohiyatli ish beruvchilarga tavsiya qilinadi.
  •  o`quv kursi xarajatlarining 90 foizi davlat tomonidan, qolgan 10 foizi tahsil oluvchi shaxslar tomonidan to`lanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar