1

Yangihayot tumanida "Bolaga kitob bering" nomli tadbir tashkil etildi (foto)

Madaniyat 02.04.2021, 16:16
Teglar: Yangihayot tumani, Bolaga kitob bering
Yangihayot tumanida "Bolaga kitob bering" nomli tadbir tashkil etildi (foto)

 Bugun 2 aprel – "Xalqaro bolalar kitoblari kuni" munosabati bilan Yangihayot tumani hokimligi tomonidan "Bolaga kitob bering" nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a`zolari – bolalar shoiri Dilshod Rajab, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv davomida mehmonlar kitobning bolalar hayotidagi o`rni, sevimli asarlari va bolalik xotiralari haqida so`zlab berishdi.

Shuningdek, tadbir davomida nomdor nashriyotlar ishtirokidagi kitob yarmarkalari va o`quvchilarning bilimini sinash uchun qiziqarli savol-javob tarzidagi viktorina o`tkazildi. Viktorinada savollarga to`g`ri javob bergan bolajonlarga hokimlik tomonidan kitoblar ulashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1