1

Dunyoning eng yaxshi shahri aniqlandi

Dunyo 23.02.2016, 16:18
Dunyoning eng yaxshi shahri aniqlandi

Mercer konsalting kompaniyasi dunyoning eng yaxshi shahrini aniqlash maqsadida reyting o`tkazdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Reytingning birinchi pog`onasini Avstriya poytaxti Vena shahri egalladi. 

Ta`kidlanishicha, Vena shahrida dunyoning boshqa shaharlariga nisbatan yashash tarzi yuqori.  Reytingning eng quyi o`rnidan esa Iroq poytaxti Bog`dod shahri joy olgan. 

Mazkur reyting shaharlarning o`ndan ortiq xususiyatlari, jumladan siyosiy barqarorlik,sog`liqni saqlash, jinoyat sodir etilishi darajasi, bo`sh vaqtni o`tkazishning qanday tashkil etilganligi va transport sharoitlari e`tiborga olingan.  Ma`lumotlarga ko`ra, Venada Evropaning boshqa shaharlariga qaraganda ijara va jamoat transportiga to`lanadigan yo`lkira narxi arzonroq. 

Syurix, Oklend, Myunxen va Vankuver shaharlari reytingda Venadan keyingi o`rinlarni zabt etdi. 

Ma`lumot uchun, Avstriya poytaxti 17-marta “Dunyoning eng yaxshi shahri” deya tan olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1