AsosiyJinoyat

Chortoq tumanida bank mas`ullari imtiyozli kredit mablag`larini talon-taroj qildi

'Chortoq tumanida bank mas`ullari imtiyozli kredit mablag`larini talon-taroj qildi'ning rasmi

Chortoq tumanida ta`minotchi korxona va bank muassasasi mas`ullari imtiyozli kredit mablag`larini o`zlashtirganligi fosh etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chortoq tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Mikrokreditbank” Chortoq filiali mas`ul shaxslari ta`minotchi korxona rahbarlari bilan oldindan til biriktirib, 15 nafar fuqaro nomidan “X.R.”fermer xo`jaligi bilan 226,1 mln so`m, “S.M.” MChJ bilan 60 mln so`m, “Ch.Q.” MChJ bilan 40 mln so`m va “Ch.B.” MChJ bilan 23 mln so`m imtiyozli kreditlarni soxta hujjatlar orqali rasmiylashtirib, fuqarolarga mahsulotlarni etkazib bermasdan o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Boshqa yangiliklar