AsosiyJinoyat

Andijonda canoat hududidan er olib berish uchun 50 ming AQSh dollar so`ragan shaxs qo`lga tushdi

'Andijonda canoat hududidan er olib berish uchun 50 ming AQSh dollar so`ragan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

50 000 AQSh dollari evaziga Andijon shahar shimoliy sanoat hududidan er olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.N. fuqaro J.ni Andijon shahar sanoat hududida joylashgan o`ziga tegishli ko`chmas mulk ob`ektiga tutash bo`lgan er maydonidan qo`shimcha er uchastkasi ajratib berishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 50 000 AQSh dollari evaziga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishga ishontirib, oldindan 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar